Rossiya Ukrainaga qarshi urushga yamanliklarni yolladi – “Financial Times”
Olam
−
25 noyabr
4716Yuzlab yamanliklar Ukrainadagi urushda qatnashish uchun Rossiya armiyasiga jalb qilindi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, yamanliklarga Rossiyada yuqori maosh va Rossiya fuqaroligi va’da qilingan.
“Ular Rossiya Federatsiyasiga kelganlarida Mudofaa vazirligi bilan shartnomalar imzolashga majbur bo‘lishdi va urushga jo‘natildi”, deyiladi xabarda.
Nashr Yaman askarlarini yollash joriy yilning iyul oyida boshlangan deb taxmin qilmoqda.
Nashr suhbatdoshlaridan biriga ko‘ra, unga dron ishlab chiqarishda ishlash uchun bir martalik 10 ming dollar va oylik 2 ming dollar maosh va’da qilingan. Moskvaga yetib kelgach, uni boshqa yamanliklar bilan birga aeroportdan Moskvadan besh soatlik masofada joylashgan ob’ektga olib kelishgan. Shartnomalarni imzolashdan bosh tortganlarni esa o‘sha yerda miltiq bilan otib tashlashgan.
“Bizni Ukraina chegarasiga olib borishdi va Rostov yaqinidagi harbiy bazaga jo‘natishdi. Men bilan birga bo‘lgan guruhning aksariyati Ukrainada vafot etdi. Bizni urushga odam savdosi bilan shug‘ullanadigan firibgarlar olib kelgan”, degan anonim suhbatdosh.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun 11 ming Shimoliy Koreya harbiylari Rossiyaning Kursk viloyatiga borgani haqida xabar berilgandi. Rossiya esa Ukraina armiyasiga qarshi KXDR harbiylaridan foydalanishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirmagan. Biroq Prezident Vladimir Putin mamlakatda Shimoliy Koreya askarlari borligini tasdiqlagan. U KXDR bilan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani eslatib o‘tgan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi