Rossiya Ukrainaga eng yirik hujumlardan birini uyushtirdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Rossiya harbiylari Dnepropetrovsk viloyatiga qarshi eng yirik hujumlardan birini amalga oshirdi. Ushbu hujumlarni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham tasdiqladi. 

OAVga ko‘ra, bu hujum urush boshlanganidan beri eng keng ko‘lamlilaridan biri bo‘lgan. Dnepr va Pavlograd shaharlarida ketma-ket zarbalar qayd etilgan, Pavlogradning o‘zida taxminan 15 ta portlash sodir bo‘lgan.

Hujum oqibatida sanoat korxonalari zarar ko‘rgan, shaharlarda qora tutun ko‘tarilgan. Bundan tashqari, Mikolayiv viloyatida hujumdan keyin yong‘inlar yuzaga kelgan. 

Zelenskiyga ko‘ra, 40 ta qanotli va ballistik raketa hamda qariyb 580 xil turdagi dronlardan foydalanilgan.  Davlat rahbari Ukraina osmonini himoya qilgan barcha harbiylarga, shuningdek, F-16 uchuvchilariga minnatdorlik bildirgan. Prezidentga ko‘ra, dushman nishoni – infratuzilma, turarjoy massivlari va fuqarolik korxonalari bo‘lgan. Dnepr shahrida o‘q-dorilar bilan to‘ldirilgan raketa ko‘p qavatli uyga bevosita urilgan.

Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘nlab odam yaralangan, uch kishi esa halok bo‘lgan. 

“Bunday zarbalar harbiy zarurat emas, balki Rossiyaning Ukraina fuqarolarini qo‘rqitish va infratuzilmani vayron qilishga qaratilgan ongli strategiyasidir. Shu sababli, kuchli xalqaro javob zarur. Ukraina o‘zini va Yevropani himoya qila olishini isbotladi, biroq ishonchli qalqon uchun hamkorlikda harakat qilish kerak: havo hujumidan mudofaani mustahkamlash, qurol yetkazib berishni oshirish, Rossiyaning harbiy mashinasi va uni moliyalayotgan sohalarga qarshi sanksiyalarni kengaytirish zarur”, degan Vladimir Zelenskiy. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ukraina temiryo‘liga “murakkab hujum” uyushtirgandi. “Ukrzaliznitsa” kompaniyasi matbuot xizmati Rossiyaning podstansiyalarga hujumi oqibatida kechikishlar bo‘lganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dnepropetrovsk Vladimir Zelenski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing