Rossiyaning Dnepropetrovskka hujumida 3 oylik chaqaloq halok bo‘ldi

Olam

image

Rossiya kuchlari bugun, 15 avgustga o‘tar kechasi Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatiga uyushtirgan hujumi oqibatida 3 oylik chaqaloq halok bo‘lib, yana 11 kishi jarohatlandi. Bu haqda viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Ganja ma’lum qildi.

Uning aytishicha, hujumlar dronlar, artilleriya va aviabombalar yordamida viloyatning 3 tumaniga uyushtirilgan. Nikopol tumanidagi Marganets shahriga berilgan zarba oqibatida 3 oylik o‘g‘il bola halok bo‘lgan.

Jarohatlanganlar orasida 5 yoshli o‘g‘il bola, 12 yoshli qiz, 39 yoshli erkak hamda 33, 40, 41 va 62 yoshli ayollar bor. Ularning ayrimlari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, yana to‘rt nafar jabrlanuvchiga ambulator yordam ko‘rsatilmoqda.

Hujumlar oqibatida ko‘p qavatli uylar, do‘kon, kinoteatr va avtomobillarga zarar yetgan. Shuningdek, Nikopol tumani va Pokrovsk hamjamiyati ham hujumga uchragan.

Sinelnikovo tumanidagi Mikolayivka, Pokrovsk va Vasilkovka hamjamiyatlariga berilgan zarbalar oqibatida qishloq xo‘jaligi korxonasi hamda madaniyat markazi shikastlangan. Samar tumanidagi Pishchanka hamjamiyatiga uyushtirilgan hujum oqibatida esa xususiy turar joy majmuasi zarar ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning janubi-sharqidagi Zaporoje shahriga dron va raketalar bilan uyushtirgan qo‘shma hujumi oqibatida 5 kishi halok bo‘lib, 20 kishi jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing