Rossiya Ukraina temiryo‘liga yirik hujum uyushtirdi

Olam

image

Rossiya Ukraina temiryo‘liga yana “murakkab hujum” uyushtirdi. Bu haqda bugun, 17 sentyabr kuni ertalab “Ukrzaliznitsa” kompaniyasi rahbari Oleksandr Persovskiy Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli Dnepr yo‘nalishidagi poyezdlarda kechikishlar bo‘ladi”, deya ogohlantirgan u o‘z postida.

O‘z navbatida, “Ukrzaliznitsa” kompaniyasi matbuot xizmati Rossiyaning podstansiyalarga hujumi oqibatida yo‘lovchi poyezdlarida kechikishlar Odessa yo‘nalishida ham kutilayotganini ta’kidladi.

“Ayrim poyezdlar o‘zgartirilgan yo‘nalish bo‘yicha ketmoqda, 20 ta zaxira teplovoz ishga tushirilgan. Bizning dispetcherlarimiz bir qator poyezdlarni zararlangan hududdan xavfsiz masofada to‘xtatib qo‘yishdi. Ayni paytda temiryo‘llarda elektr ta’minotini tiklash ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, 17 sentyabrga o‘tar kechasi Cherkas va Kirovograd viloyatlaridagi muhim infratuzilma ob’ektlariga hujum qilingan. Oqibatda Kirovograd viloyatining bir qismi elektr energiyasiz qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya poezd Ukraina temiryo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing