Rossiya ataylab Ukrainadagi tinch aholini dronlar bilan nishonga olmoqda – BMT

Olam

image
Rossiya qiruvchi samolyotlari Estoniya chegarasini buzib o‘tdi north_east

Rossiya qiruvchi samolyotlari Estoniya chegarasini buzib o‘tdi

Rossiya qo‘shinlari Xerson, Dnepropetrovsk va Nikolayev viloyatlarida tinch aholi va fuqarolik infratuzilmalariga muntazam ravishda hujum qilmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bugun, 22 sentyabr kuni bayonot berdi.

Tashkilotning Ukrainadagi huquqbuzarliklarni tekshirish bo‘yicha mustaqil xalqaro komissiyasi frontga yaqin hududlarda qisqa masofali dronlardan foydalangan holda tinch aholiga hujumlar avj olganidan xavotirdaligini bildirdi.

“Dalillar aholi punktlariga zarbalar Ukraina hukumati nazorati ostida bo‘lgan Dnepr daryosining o‘ng qirg‘og‘idan 300 kilometrdan ortiq masofada sodir bo‘lganini tasdiqlaydi”, degan komissiya raisi Erika Myose.

Joriy yilning may oyida komissiya Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan Xerson viloyatida tinch aholiga nisbatan qisqa masofaga uchuvchi uchuvchisiz samolyotlar yordamida “keng ko‘lamli va tizimli” hujumlarni hujjatlashtirgan edi.

“Biz bu harakatlar kelishilgan davlat siyosatiga muvofiq amalga oshirilgan va qotillik ko‘rinishidagi insoniyatga qarshi jinoyatlar, shuningdek, tinch aholiga hujum qilish ko‘rinishidagi harbiy jinoyatlarni tashkil etadi degan xulosaga keldik”, deyiladi bayonotda.

Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, xuddi shunday zarbalar Dnepropetrovsk va Nikolayev viloyatlarida ham o‘tkazilgan.

Bayonotda ta’kidlanishicha, Rossiya Qurolli kuchlari ushbu hujumlarni Dneprning chap qirg‘og‘idagi pozitsiyalaridan kuzatuv va real vaqt rejimida nishonni kuzatish tizimlari bilan jihozlangan dronlar yordamida amalga oshirmoqda. Rossiya Qurolli kuchlari tinch aholiga hujum qilishdan tashqari, fuqarolik ob’ektlari, muhim infratuzilma va boshqa binolarga zarba bergani xabar qilingan. Shuningdek, tez yordam mashinalari ham nishonga olinib, qutqaruvchilarning o‘z ishlarini bajarishiga to‘sqinlik qilinmoqda.

“Dron hujumlarining holatlari ularni amalga oshirganlarning o‘ldirish, zarar yetkazish va yo‘q qilish niyatidan dalolat beradi”, dedi Myose.

Ukrainadagi huquqbuzarliklarni tekshirish bo‘yicha mustaqil xalqaro komissiya BMT Inson huquqlari kengashi tomonidan 2022 yilning martida, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan bir hafta o‘tib tuzilgan. Rossiya armiyasi deyarli har kuni Ukrainaning turli hududlariga havo hujumlari uyushtirmoqda. Ko‘pincha nishonlar harbiy xarakterga ega emas. Masalan, Xerson viloyatidagi Berislav shahri Rossiya dronlarining misli ko‘rilmagan ko‘p zarbalariga uchragan, oqibatda yuzdan ortiq tinch aholi yaralangan yoki halok bo‘lgan.

O‘tgan yilning kuzidan beri rus dronlari Xersondan 76 kilometr uzoqlikdagi Kaxovka suv ombori qirg‘og‘ida joylashgan kichik mintaqaviy markaz Berislavni vayron qilmoqda. 2023 yilning sentyabridan 2024 yilning iyuligacha mahalliy ma’muriyat 100 dan ortiq hujumlar sodir etilgani, oqibatda 130 kishi jarohatlangani va 16 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina BMT Xerson Dnepropetrovsk Nikolaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing