Rossiya Ukrainadagi urush uchun “Bo‘ron” nomli havo guruhini tuzmoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Ukrainaga qarshi urushdagi vazifalarni bajarish uchun “Bo‘ron” kod nomini olgan yangi “elita” zarba beruvchi havo guruhini tuzmoqchi. Bu haqda Britaniya Mudofaa vazirligi o‘zining razvedka ma’lumotlariga tayanib, xabar berdi.

Yangi havo guruhi, ehtimol, Su-24 va Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarining kamida bitta eskadroni, shuningdek, hujum vertolyotlari eskadronidan iborat bo‘lishi mumkin. 

“Samolyot turlarining kombinatsiyasi quruqlikdagi hujumlarda katta rol o‘ynashidan dalolat beradi”, deb yozgan Britaniya razvedkasi.

Qayd etilishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi malakali va g‘ayratli uchuvchilarni jalb qilmoqchi, ularga katta maosh taklif qilmoqda. Shuningdek, iste’fodagi uchuvchilar uchun to‘plam ochilmoqda.

“Guruhning tashkil etilishi rossiyaliklarning muntazam havo kuchlari eskadronlari Ukraina pozitsiyalariga havo zarbalari berish bo‘yicha asosiy vazifasini jiddiy bajara olmagani haqidagi bahosidan dalolat beradi”, deyiladi razvedka xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina urush havo guruhi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing