Rossiya Ukrainadagi Starlink'ni buzishga urinayotgani aytildi
Olam
−
23 avgust 2023
8021AQSH Koinot kuchlari qo‘mondoni general Chens Saltsmen Rossiya tomoni Ukrainadagi Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimini buzishga urinayotganini aytdi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.
Saltsmenning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar amerikalik harbiylar ehtiyojlari uchun Yerning past orbitasiga katta sun’iy yo‘ldoshlar turkumini joylashtirishga intilmoqda. U mingtagacha qurilmalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Uning fikricha, agar bu sun’iy yo‘ldoshlarning soni ko‘p bo‘lsa, ularga boshqa davlatlar tomonidan zarar yetkazilishi ancha jiddiyroq muammo bo‘ladi. General Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi Starlink sun’iy yo‘ldoshi bilan bunday effektni kuzatayotganini bildirgan.
Uning qayd etishicha, ruslar sun’iy yo‘ldoshni yo‘q qilmoqchi. General esa bergan intervyusida bunday urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlanishiga ishontirgan.
Shuningdek, u avgust oyida AQSHning Kolorado shtatidagi Peterson bazasida mamlakat kosmik kuchlarining yangi bo‘linmasi ish boshlaganini ham aytib o‘tgan. Nashr u boshqa mamlakatlar kosmik kemalarining xususiyatlari, maqsadi va salohiyatini baholashini qayd etgan.
"Sun’iy yo‘ldoshga aralashish yoki halokatli ta’sir qilish uchun nima qilayotganingizni tushunishingiz kerak", deydi general.
Bundan tashqari, u AQSH kosmik kuchlarida xodimlar yetarli emasligi, ularning sonini ko‘paytirish kerakligini ham yashirmagan.
LiveBarchasi