Rossiya-Ukraina urushida yagona g‘olib Xitoy – AQSH prezidentligiga nomzod

Olam

image

AQSH prezidentligiga nomzodlar qatoridan joy olgan tadbirkor Vivek Ramasvami Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi bir yarim yillik urushidan so‘ng, Xitoy bu vaziyatda yagona g‘olib ekanini bildirdi. Bu haqda biznesmen “The American Conservative” jurnali uchun chop etilgan maqolasida yozgan.

“Men sanksiyalarni bekor qilaman va Rossiyani jahon bozoriga qaytaraman”, deya qayd etgan Ramasvami.

Bundan tashqari, u Rossiyaning Xitoy bilan harbiy ittifoqdan chiqishi evaziga Ukrainaning bosib olingan hududlari ustidan Rossiya nazoratini qabul qilishga va Ukrainaning NATO a’zoligiga nomzodini blokirovka qilishga va’da bergan.

“Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi bir yarim yillik urushidan so‘ng, Xitoy bu vaziyatda yagona g‘olib ekani tobora oydinlashmoqda”, deb hisoblagan tadbirkor.

Ramasvami Ukrainada tinchlikni yagona shart – Amerika manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda ta’minlash niyatida.

“AQSH Prezidenti Jozef Bayden ma’muriyati Xitoy rahbari Sini Putindan uzoqlashtirish uchun ahmoqona harakat qildi. Aslida biz Putinni Si Szinpindan voz kechishga majburlashimiz kerak”, deb ta’kidlagan prezidentlikka nomzod.

Ma’lumot uchun, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tadi. Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlik uchun sobiq vitse-prezident Mayk Pens, Florida gubernatori Ron DeSantis, biznesmen Vivek Ramasvami, AQSHning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Xeyli, Janubiy Karolina senatori Tim Skott va Nyu-Jersi sobiq gubernatori Kris Kristi da’vogarlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy Vivek Ramasvami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing