Rossiya-Ukraina urushida Amerika yutadi – Orban
Olam
−
13 yanvar 2023
17703Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning aytishicha, u yakka o‘zi YeI rahbariyatini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga majbur qila olmaydi, buni faqat Fransiya va Germaniya qila oladi. Orban bugun, 13 yanvar kuni “Kossuth” radio dasturida nutq so‘zlab, u faqat o‘z mamlakatiga sanksiyalardan zararni kamaytirishi mumkinligini ta’kidladi.
Uning ta’kidlashicha, faqat nemislar yoki fransuzlar Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirishi mumkin, buning uchun Vengriyaning siyosiy resurslari yetarli emas. Vengriya hukumati rahbari Bryusselning sanksiya siyosatiga salbiy munosabatini tasdiqlagan.
Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi rahbariyatidan kimdir nihoyat shunday deyishi kerak:
“Odamlar, biz hamma narsani vayron qildik, endi to‘xtash vaqti keldi” – chunki bundan keyin ham sanksiyalar sabab bo‘lgan muammolar yanada kuchayadi. “Agar bu sodir bo‘lsa, energiya narxlari darhol tushadi va inflyatsiya ikki barobar kamayadi”, deydi Orban.
U, shuningdek, Ukrainadagi mojaro va Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalardan eng ko‘p Yevropa yutqazgan, AQSH esa bundan faqat foyda ko‘rishi haqidagi avvalgi pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi.
“Iqtisodiy nuqtai nazardan, [Ukrainadagi] urushdan yagona yoki hech bo‘lmaganda asosiy mag‘lubiyatga uchragan Yevropa”, deydi.
Orbanning fikricha oqibatda Amerika albatta g‘alaba qozonadi. Rossiyaga kelsak, Orbanning so‘zlariga ko‘ra, u Ukraina mojarosi natijasida g‘alaba qozonadimi yoki yutqazadimi, “savol bahsli”.
LiveBarchasi