Rossiya-Ukraina muzokaralarining navbatdagi raundi sanasi ochiqlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi raundi ertaga, 1 aprel kuni onlayn tarzda davom ettiriladi. Bu haqda muzokaralardagi Ukraina delegatsiyasi rahbari David Araxamiya ma’lum qildi.

Araxamiya, shuningdek, shu hafta Turkiyadagi muzokaralar chog‘ida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv vaqti kelgani ma’lum qilinganini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya delegatsiyasi, avvalo, har ikki tomondan ham kuchliroq ma’qullangan shartnoma loyihasiga muhtojligini bildirgan.

Ammo ukrainalik muzokarachi ikki davlat prezidentlarining navbatdagi uchrashuvini o‘tkazishga chaqirgan. Ikki yetakchi o‘rtasidagi rasmiy uchrashuv hali belgilanmagan.

“Shu bilan birga, biz bunday uchrashuvni Rossiya yoki Belarus hududida o‘tkazmaslik pozitsiyamizda qat’iy turamiz”, degan Araxamiya.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Dolmabaxche saroyida Rossiya-Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etdi. Shunisi ahamiyatliki, ushbu uchrashuv 7 mart kuni Brestda o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi ilk yuzma-yuz muloqotdir. 

Muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari sifatida ishtrok etgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy ko‘ra, Ukraina tomoni Moskvaning neytral bo‘lish, yadroviy mamlakatga aylanmaslik, boshqa mamlakatlarning harbiy bazalarini kiritmaslik va qo‘shilmaslik bo‘yicha talabini bajarish yuzasidan yozma hujjat taqdim etgan.

Uchrashuvdan keyin Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Rossiya va Ukraina muzokaralaridan qoniqmaganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made