Rossiya-Ukraina muzokaralarining navbatdagi raundi qachon o‘tkazilishi aytildi
Olam
−
28 mart 2022
6484Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi muzokaralari 29-30 mart kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda Rossiya delegatsiyasi rahbari, Prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy ma’lum qildi.
“Bugun Ukraina bilan Aerokosmik kuchlar bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Natijada 29-30 mart kunlari yuzma-yuz uchrashish haqida qaror qabul qilindi”, deb yozgan Medinskiy.
O‘z navbatida, muzokaralarda qatnashayotgan Ukraina delegatsiyasi a’zosi Devid Araxamiya muzokaralar 28-30-mart kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
Avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilib, rus-ukrain muzokaralarini Istanbulda o‘tkazishga kelishib olgani xabar qilingandi.
Qayd etish kerakki, Ukraina va Rossiya bilan muloqotni davom ettirayotgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Moskvaning 6 ta talabidan 2 tasini qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidlagandi.
O‘z navbatida Medinskiy Ukraina Rossiyaning qator talablarini bajarmasa tinchlik shartnomasi haqida gap bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgandi.
LiveBarchasi