Rossiya Ukraina xavfsizlik xizmati binosiga zarba berdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Dneprdagi ikkita ob’ektga raketa zarbasi berganini aytdi. Bu haqda u kecha, 28 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozdi.

Zelenskiyning aytishicha, kecha, 28 iyul kuni kechqurun Rossiya Federatsiyasi nishonlari ko‘p qavatli turar joy va Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) binosi bo‘lgan.

"Dnepr. Juma kuni kechqurun. Ko‘p qavatli bino va Ukraina xavfsizlik xizmati binosiga zarba berildi. Rossiyadan yana raketa terrori”, deb yozdi Zelenskiy. 

Shuningdek, u Ukraina Xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat Favqulodda vaziyatlar xizmati, Viloyat politsiya boshqarmasi boshlig‘i bilan tezkor suhbatlar o‘tkazganini aytgan. 

“Barcha kerakli xizmatlar ishlayapti. Biz tezda javob beramiz. Vaziyatni nazoratda ushlab turamiz”, deya ishontirgan Prezident.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya kuchlari Donetsk viloyatining Konstantinovka shahriga kassetali o‘q-dorilar bilan hujum qilgandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa Ukraina Qurolli kuchlari Zaparoje yo‘nalishida faollashganini aytgandi. Keyinchalik Zelenskiy mamlakat qurolli kuchlari Donetsk viloyatidagi Staromayorskoye qishlog‘i ustidan nazoratni tiklaganini ma’lum qildi. Shu kuni Moskva osmonida Ukrainaning uchuvchisiz samolyoti urib tushirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Zelenskiy Dnepr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing