Rossiya Ukraina xalqini gaz va toksiz qoldirmoqchi

Olam

image

Bugun, 17 noyabr kuni Rossiya Ukrainaning energetika infratuzilmasiga yana raketa zarbalari berdi. Rossiya qo‘shinlari Ukarina sharqida hujumlarni kuchaytirdi

NATO va Polsha Lyublin vodiysining Pshevoduv qishlog‘i hududiga tushgan raketani Ukraina havodan mudofaa tizimi tominidan adashib uchirilgan degan xulosaga keldi.

Ukrainaga qishning birinchi qori yog‘ib ulgurdi. Rossiya esa joriy haftaning boshida Ukraina energetika tuzilmasiga urush boshlangan 9 oydan beri eng kuchli zarbasini berdi. Ukraina rasmiylari mamlakat bo‘ylab elektr energiyasini tiklash uchun qattiq kurashayotganini aytadi.

Bugun, 17 noyabr kuni ertalab Ukrainaning bir qancha joylarida, jumladan janubiy Odessa porti, poytaxt Kiyev va markaziy Dnepr shahrida yana portlash ovozlari eshitilgan.

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, janubiy Zaporoje viloyatiga raketa hujumi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, shimoli-sharqdagi Xarkov shahriga qilingan hujumda uch kishi yaralangan. Shuningdek, Odessada ham uch kishi jarohatlangan.

Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigalning ma’lum qilishicha, Rossiya asosan gaz ishlab chiqarish korxonalarini bombardimon qilmoqda.

“Hozirda Kiyev uzra raketalar uchib o‘tmoqda. Ayni vaqtda ular bizning gaz ishlab chiqarishimizni bombardimon qilmoqda. Shuningdek, Dnepr va Yujmashdagi (raketa zavodi) korxonalarimiz bombardimonga uchrayapti”, degan Bosh vazir.

"Naftogaz" davlat energetika kompaniyasi esa Ukraina sharqidagi gaz ishlab chiqarish ob’ektlari shikastlangan yoki vayron bo‘lganini tasdiqlagan

Birlashgan Millatlar Tashkilotining gumanitar yordam idorasi joriy qishda Ukrainada jiddiy gumanitar inqiroz yuzaga kelishidan ogohlantirgan.

“Millionlab odamlar doimiy ravishda elektr uzilishlariga duch kelishmoqda va energiya yetishmasligi suvni nasos bilan ta’minlashga ham ta’sir qilmoqda”, deyiladi BMTning gumanitar yordam idorasining bayonotda.

Ukraina infratuzilma vazirligi Ukrainaning Qora dengiz portlaridan oziq-ovqat va o‘g‘itlarni himoyalangan dengiz tranzit yo‘lagi orqali eksport qilish imkonini beruvchi kelishuvni 120 kunga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Birinchi marta iyul oyida kelishilgan Qora dengiz g‘alla tashabbusi global oziq-ovqat tanqisligini yumshatishga yordam berdi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa don bitimini cho‘zish haqidagi qarorni olqishladi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an shu haftada Ukrainadagi keskinlikni pasaytirish masalasida Anqarada bo‘lib o‘tgan Rossiya-AQSH muzokaralaridan so‘ng, tomonlarning hech biri yadro qurolidan foydalanmasligi to‘g‘risida ma’lum qilganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Rajab Toyib Erdo'g'an Ukraina

Baholaganlar

266

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing