Rossiya Ukraina Qurolli Kuchlari uchun og‘ir qurollarning asosiy “yetkazib beruvchi”siga aylandi – WSJ

Olam

image

Rossiya armiyasi Ukraina uchun eng yirik og‘ir qurol “yetkazib beruvchi”ga aylangan. Bu haqda Amerikaning “The Wall Street Journal” gazetasi Ukraina armiyasi ma’lumotlari va Oryx tahlilchilari ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga tayanib, xabar bermoqda.

Oryx ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiyaning 460 ta asosiy jangovar tankini, 92 ta o‘ziyurar gaubitsasini, 448 ta piyoda askarlarini, 195 ta zirhli jangovar texnikasini va 44 ta yalpi reaktiv hujum tizimini qo‘lga kiritgan. Ukraina tomonidan qo‘lga olingan Rossiya uskunalarining haqiqiy soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlaydi WSJ.

Nashrning qayd etishicha, Rossiya Federatsiyasining Xarkov viloyatida chekinishi vaqtida Ukraina armiyasi katta miqdordagi texnikani qo‘lga kiritgan, negaki rus qo‘shinlari og‘ir qurollari va o‘q-dorilarni tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Shu bilan birga, tahlilchilarga ko‘ra, Rossiya fevral oyidan buyon Ukrainaning 109 ta tanki, 15 ta o‘ziyurar artilleriya majmuasi va 63 ta piyoda jangovar texnikasini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

876

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing