Rossiya Ukraina bo‘yicha ikkinchi sammitda ham qatnashmaydi – TIV

Olam

image

Rossiya Ukraina va uning ittifoqchilari tomonidan tayyorlanayotgan ikkinchi xalqaro tinchlik sammitida ishtirok etmaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin RIA Novosti  bilan suhbatda ma’lum qildi.

“Biz Kiyev rejimi va uning g‘arbiy kuratorlari joriy yilning iyun oyi o‘rtalarida Shveysariyaning Byurgenstok shahrida bo‘lib o‘tgan muvaffaqiyatsiz “tinchlik sammiti” uchun “o‘zlarini qayta tiklash” va shunga o‘xshash tadbirni o‘tkazishga harakat qilish niyatida ekanini bilamiz”, deydi Galuzin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy formulasida taklif qilingan shartlarni qabul qilmaydi.

“Sammitning aniq joyi hali aniq emas, ammo geografiya muhimmas, tadbir mazmuni muhimroq”, deb ta’kidladi diplomat.

RIA Novosti diplomatik manbaga tayanib, navbatdagi sammit Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi mumkinligini xabar qildi. 

Bir kun avval “Bloomberg” manbalari Ukraina rasmiylari AQSHda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladigan noyabrgacha ikkinchi xalqaro tinchlik konferensiyasini tashkil etishni va Rossiyani ushbu tadbirga taklif qilishni istashlarini bildirgan edi.

Ma’lumot uchun, Shveysariyaning Byurgenstok shahrida 15-16 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan birinchi sammitga Rossiya delegatsiyasi taklif etilmadi. Anjumanda Vladimir Zelenskiyning tinchlik formulasining ayrim bandlari muhokama qilindi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing