Rossiya Turkiyaning taklifini rad etdi – OAV 

Olam

image

Rossiya tomoni g‘alla shartnomasini yangilash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish taklifini rad etdi. Bu haqda manbalariga tayanib, mahalliy nashrlar yozmoqda.

Manbalarning qayd etishicha, Rossiya hukumatining bu messeji Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an jamoasiga Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tomonidan yetkazilgan.

“Moskva uchun don masalasi nihoyat yopildi. Qora dengiz g‘alla tashabbusini qayta tiklash haqida gap yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, bu tarixga aylandi. Shuningdek, Turkiya hozirda Moskva tomonidan Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazish uchun ehtimoliy platforma sifatida ko‘rilmayapti”, deya aniqlik kiritgan insayderlar.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning 17 iyul kuni Ukrainaning uchta portidan (Chernomorsk, Odessa va Yujniy) g‘alla eksporti uchun yo‘lak yaratish hamda Rossiyaga oziq-ovqat va o‘g‘itlarni eksport qilishi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishni nazarda tutuvchi Qora dengiz tashabbusi tugatilgandi.  Rossiya tomoni qashshoq davlatlar uchun tashkil etilgan don kelishuvi doirasidagi oldi-sotdi jarayonlarining 81 foizi yuqori va o‘rtadan yuqori daromadli mamlakatlarga to‘g‘ri kelishini, bularning barchasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida amalga oshirilayotganini bildirgandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin g‘alla bitimi bo‘yicha barcha shartlar bajarilmaguncha, mamlakat tashabbusdagi ishtirokini to‘xtatib qo‘yishini aytdi. G‘arb davlatlari Rossiyani kelishuvga qaytishga chaqirdi, hatto, Turkiya Prezidenti Sochiga borib Putin bilan gaplashib qaytdi. Biroq buning foydasi bo‘lmadi – don bitimi tiklanmadi.

Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Albaniyada bo‘lib o‘tgan Janubi-sharqiy Yevropa – Ukraina sammiti ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida Anqara Rossiya-Ukraina tinchlik muzokaralari uchun yana bir bor platforma taqdim etishga tayyor ekanini bildirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing