Rossiya Turkiyadan Suriyada joylashgan qo‘shinlarni xavfsiz evakuatsiya qilishda yordam so‘radi – OAV

Olam

image

Bugun, 9 dekabr kuni Rossiya hukumati Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘andan Suriyada joylashgan harbiy bo‘linmalarini xavfsiz evakuatsiya qilishda yordam so‘radi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.

Qayd etilishicha, rossiyalik askarlar Turkiyaning harbiy qismlari joylashgan hududga yuborilib, so‘ngra havo orqali Rossiyaga qaytarilishi rejalashtirilgan.

“Rossiya Suriyadagi qo‘shinlarini xavfsiz olib chiqish uchun Turkiyadan yordam so‘radi. Ko‘rinishidan, ular o‘z askarlarini mintaqadan chiqarib olmoqchi, faqat Tartusdagi dengiz bazasi va Xmeymim aviabazasini qoldirish edi,” deydi Anqara vakili Dicle Canova.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 dekabr kuni “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi boshchiligidagi isyonchi kuchlar Suriya poytaxti Damashqqa kirgan va mamlakat rahbari Bashar Asad rejimi ag‘darilganini e’lon qilgandi. Bashar Asad oilasi bilan Moskvaga borgani aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Suriya evakuatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing