Rossiya Tojikistonga C-300 havo mudofaa tizimlarini yetkazib berdi

Olam

image

Rossiya Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti mamlakatlari uchun umumiy havo mudofaa tizimini yaratish doirasida Tojikistonga C-300 tizimlarining ikkita divizionini yetkazib berdi. Bu haqda Kreml saytida ma’lum qilindi.

“Biz Tojikistonga C-300 havo mudofaa tizimlarining ikkita divizionini yetkazib berdik. Bular sakkizta ishga tushirgich. Umuman olganda, biz KXSHT bo‘yicha bu ishni umuman davom ettirishga va yakunlashga tayyormiz. Ammo eslatib o‘tamanki, hukumat yil oxirigacha tegishli farmoyish chiqarishi kerak”, deydi Rossiya rahbari Vladimir Putin Vazirlar Mahkamasi a’zolari bilan uchrashuvda.

Shuningdek, Putin xavfsizlik masalalari, jumladan, KXSHT havo hujumidan mudofaa tizimini yaratish shu yilning 21 noyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidentining Moskvaga rasmiy tashrifi doirasida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokaralar chog‘ida muhokama qilinganini aytgan.

Ma’lumot uchun, C-300 zenit-raketa majmuasi zamonaviy va ilg‘or samolyotlar, strategik qanotli raketalar, taktik va operativ-taktik ballistik raketalar va boshqa havo qurollarining ommaviy hujumlaridan himoyalanish uchun mo‘ljallangan. Tizim 380 kilometrgacha uchadigan 40H6 raketasi bilan jihozlangan. Raketa uzoq masofalarda yashirin samolyotlarni, shuningdek, ufqdan uzoqroqda past (besh metrgacha balandlikda) uchuvchi samolyotlarni yo‘q qilishga qodir.

C-300 raketa tizimining o‘rtacha narxi 160 million dollarni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Rahmon shu yilning 21 noyabr kuni Rossiyaga tashrif bilan borgan, shu kuni Kremlda Rossiya-Tojikiston muzokaralari dastlab yakkama-yakka, keyin esa kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha sakkizta hujjat imzolandi, Putin va Rahmon OAV uchun bayonot berdi. Rahmon Putinni Tojikistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, kechki payt ikki davlat rahbarlari norasmiy kechki ovqatda muloqotni davom ettirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tojikiston C-300

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made