Rossiya “Tolibon”ning Afg‘onistondagi hokimiyatini tan oladimi? Putinnig maxsus vakili javob berdi
Olam
−
15 avgust 2021
39285Rossiya “Tolibon” harakatining Afg‘onistondagi hokimiyatini hozircha tan olmaydi. Rossiya Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov Afg‘onistonda hokimiyat almashinuviga shunday munosabat bildirdi.
“Moskva hozircha “Tolibon”ni Afg‘onistonning qonuniy hukumati, deb tan olmaydi. Hammasining o‘z vaqti bor”, degan Kabulov.
Ammo, Kabulovning ma’lum qilishicha, Moskva Qobuldagi o‘tish davri hukumati bilan ishlashga tayyor.
“Biz doim o‘tish davri hukumati tarafdori bo‘lganmiz, albatta, birga ishlaymiz”, degan Kabulov.
Rossiya so‘nggi ikki kunda Afg‘onistonda sodir bo‘lgan voqelarni hech bir harakatsiz kuzatdi. Moskva Afg‘oniston suveren davlat ekanini, u yerda bo‘layotgan ishlarga aralashmasligini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, bugun, 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Afg‘oniston bo‘ylab nazorat o‘rnatganini e’lon qildi. Afg‘onistonning qonuniy hukumati hokimiyatni harakatga topshirdi. Prezident Ashraf G‘ani iste’foga chiqdi va mamlakatni tark etdi.