Rossiya TIV Moskvadagi AQSH elchixonasidan hisob so‘radi
Olam
−
27 aprel 2023
11304Bugun, 27 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi Amerika diplomatik missiyasining yuqori martabali diplomatini chaqirtirdi va unga Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga Nyu-Yorkka safari davomida hamrohlik qilishi kerak bo‘lgan jurnalistlar guruhiga viza rasmiylashtirish to‘xtatilgani yuzasidan norozilik notasi bilan rasmiy demarsh berildi. Bu haqda Rossiya TIV bayonotida aytildi.
“Oddiy jurnalistik faoliyatning oldini olishga qaratilgan bunday qo‘poruvchilik javobsiz qolmasligi alohida ta’kidlandi. Shu munosabat bilan AQSH elchixonasiga josuslik faoliyatida ayblanib hibsga olingan Amerika fuqarosi Evan Gershkovichning 11 may kuni konsullik tashrifi haqidagi iltimosi rad etilayotgani haqida ma’lum qilindi”, deyiladi Rossiya TIV xabarida.
Shuningdek, vazirlik hozirda boshqa mumkin bo‘lgan javob choralari ishlab chiqilayotgani, ular haqida Amerika tomoni tegishli ravishda xabardor qilinishini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24-25 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida qatnashish uchun Rossiya delegatsiyasiga AQSH tomonidan viza berilishi biroz cho‘zilgandi. Aprel o‘rtalarida AQSH Rossiya delegatsiyasiga viza berishni boshlagan bo‘lsada, tadbirni yoritadigan rossiyalik jurnalistlarga so‘nggi daqiqalargacha viza berilmadi. BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Lavrov shu masalani ham e’tibordan qochirmadi va uning samolyoti havoga ko‘tarilgan paytda AQSHning Moskvadagi elchixonasi jurnalistlarga vizali pasport berishga tayyorligini e’lon qilganini aytdi. Ertasi kuni bo‘lgan matbuot anjumanida esa u Rossiya byni unutmasligi va kechirmasligini ta’kidladi.
LiveBarchasi