Rossiya tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari “xorijiy agent” deb e’lon qilindi

Olam

image

Rossiya Adliya vazirligi 1992-1993 yillarda Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, Rossiya Fanlar akademiyasining Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti bosh ilmiy xodimi Georgiy Kunadzeni “xorijiy agent” deb e’lon qildi. Bu haqdagi xabar mamlakat Adliya vazirligi saytida paydo bo‘ldi.

"Xorijiy agentlar" ro‘yxatiga siyosatshunos Mixail Savva va Vladimirning “Dovod” nashri bosh muharriri Ilya Kosigin ham kiritilgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ularning barchasi Rossiya Federatsiyasi davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va ular olib borayotgan siyosat to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot tarqatgan. Ta’kidlanishicha, Kosigin chet el agentlarining xabarlari va materiallarini ko‘p odamlarga tarqatishda ishtirok etgan.

Vazirlikning qayd etishicha, sobiq tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Kunadze chet el tuzilmalari taqdim etgan axborot platformalarida tizimli ravishda respondent sifatida ishtirok etgan. 

“Savvaga kelsak, u Ukraina tashkilotining ekspertlar kengashi a’zosi", deb ta’kidlagan Rossiya Adliya vazirligi.

Gap 2022 yilda Rossiyaning “Memorial” inson huquqlari jamiyati va Belarusning “Vesna” inson huquqlari markazi asoschisi Ales Belyatski bilan birgalikda Tinchlik uchun Nobel mukofotini olgan Fuqarolik erkinliklari markazi haqida bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyada Nobel mukofoti sovrindori Dmitriy Muratov "xorijiy agent" deya e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya xorijiy agent Mixail Savva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing