Rossiya tan olmoqchiligidan “Tolibon”ning og‘zi qulog‘ida

Olam

image

Rossiya “Tolibon” harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashlashi, Moskva va Qobul o‘rtasidagi 2021 yildan buyon sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan rasmiy munosabatlarni o‘rnatish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf qiladi. Bu haqda Afg‘onistonning “Tolibon” tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumatidagi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Zokir Jaloliy so‘z ochdi. 

“Rossiya [rahbariyatining] yuqorida qayd etilgan qarori, shubhasiz, Afg‘oniston va Rossiya o‘rtasidagi rasmiy munosabatlarni [o‘rnatish] yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlashni anglatadi. Bu to‘siqlarga qaramay, so‘nggi uch yil ichida Afg‘oniston va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda sezilarli yutuqlarga erishildi”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. 

Jaloliyning tushuntirishicha, bu davrda tomonlar turli darajadagi tashriflar almashgani, Afg‘oniston Islom Amirligining (tan olinmagan) yuqori martabali delegatsiyasi afg‘onlararo tartibga solish bo‘yicha Moskva formatidagi aksariyat uchrashuvlarda ishtirok etgani ma’lum qilingan.

TIV vakili Afg‘oniston rasmiylari Tataristonda bo‘lib o‘tgan “Rossiya – Islom olami: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etganini eslatgan. Jaloliy toliblar iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumiga taklif qilinganini tasdiqlagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 may kuni Rossiya Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari mamlakat Prezidentiga “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkinligi haqida ma’lumot kiritdi. Tashqi ishlar vaziri buni “Tolibon” harakati Afg‘onistonda haqiqiy kuchga ega ekanligi bilan bog‘ladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa "Tolibon"ning terrorchilar ro‘yxatidan chiqarilishini izohlar ekan, Rossiya “Tolibon” harakatini tan olish masalasida Markaziy Osiyodagi hamkorlarining fikrini inobatga olishi va qaror birgalikda ishlab chiqilishini bildirdi


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Rossiya Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing