Rossiya Sumi viloyatiga yuzlab hujumlar uyushtirdi
Olam
−
01 iyul 4462 1 daqiqa
Rossiya kuchlari so‘nggi 24 soat ichida Ukrainaning Sumi viloyatidagi aholi punktlariga 106 ta hujum uyushtirdi. Hujumlar oqibatida 21 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya harbiylari 29 ta aholi punktiga 44 ta alohida zarba bergan. Hujumlar sodir bo‘lgan joylarda politsiya tergov guruhlari va portlovchi moddalarni zararsizlantirish bo‘yicha mutaxassislar ish olib borgan.
Sumi shahrida boshqariladigan aviabombalar fuqarolik infratuzilmasi ob’ektiga borib tushishi oqibatida 19 kishi jarohatlangan. Shuningdek, ko‘p qavatli turar joy binosi, avtomobillar va yoqilg‘i quyish shoxobchasi shikastlangan.
Seredina-Buda hududida minomyot hujumi natijasida yana ikki kishi jarohat olgan. Gluxiv, Velika Pisarivka, Svesa, Mikolayivka, Nova Sloboda va Vorojba hududlarida turar joylar hamda transport vositalariga zarar yetgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya armiyasining Ukrainaning uchta yirik shahriga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lib, o‘nlab odamlar jarohat olgan edi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust