Rossiya sulh niqobi ortida yangi tajovuz rejalarini tuzmoqda – Zelenskiy

Olam

image

Rossiya Ukrainadagi urush zonasida sukut saqlash bahonasida yangi “tajovuz” qadamlarini yashirishga urinmoqda. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning urush zonasida Rojdestvo bayrami munosabati bilan vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifiga izoh berar ekan aytib o‘tdi

“Rossiya Ukraina va Yevropaga qarshi yangi tajovuz to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rayotganini indamay yashira olmaydi”, deyiladi Zelenskiy Telegram-kanalida. 

Uning ta’kidlashicha, Rossiya sukutdan foydalanib, o‘z pozitsiyasini to‘qnashuv chizig‘ida mustahkamlaydi.  

“Endi ular [Rossiya Federatsiyasi hukumati] Donbassdagi yigitlarimizning yurishini hech bo‘lmaganda bir muddat to‘xtatish va jihozlar, o‘q-dorilar va harbiy xizmatchilarni bizning pozitsiyalarimizga yaqinlashtirish uchun Rojdestvo bayramidan niqob sifatida foydalanmoqchi”, deydi Zelenskiy rus tilida. 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ruslarga murojaat qildi. 

“Men bugun Rossiya fuqarolariga bir narsani eslatmoqchiman. 15 noyabr kuni Ukraina tinchlik formulasi taqdim etildi. Uning bandlaridan biri Rossiya bosqinchi qo‘shinlarini mamlakatimiz hududidan olib chiqib ketishni nazarda tutadi. Bu o‘t ochishni, insoniy yo‘qotishlarni va umuman urushni to‘xtatishning kafolatlangan va ishonchli yo‘lidir”, deydi Ukraina rahbari. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga 6 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00 dan 7 yanvar kuni soat 24:00 ga qadar Ukrainadagi barcha o‘zaro to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishni buyurdi. U Ukrainani ham Rojdestvo bayramida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Dayjest Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing