Rossiya sportchilari boshqalar uchun xavf tug‘diradi – Ukraina futbol assotsiatsiyasi prezidenti 

Sport

image

Rossiya sportchilari boshqalar uchun xavf tug‘diradi. Rivojlangan mamlakatlarda sportchilar xavfsizligini ta’minlashning yagona yo‘li rossiyaliklarga xalqaro taqiq qo‘yishdir. Bu haqda Ukraina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Andrey Pavelkoning Turkiyadagi “Shinnik” va “Minay” futbolchilari o‘rtasidagi mushtlashuvga nisbatan bildirgan munosabatida so‘z borgan. 

Pavelkoning ta’kidlashicha, holat sodir bo‘lgach, u zudlik bilan “Minay” klubi rahbariyati va Turkiya futbol federatsiyasi bilan bog‘langan.

“Avvaliga “Minay” klubi rahbariyati bilan gaplashdim. Rus klubi vakillarining “Minay” futbolchilariga nisbatan uyushtirgan provokatsiyasi “Shinnik” a’zolariga huquqiy himoya kerakligiga ishora qiladi”, deydi Pavelko. 

Bildirilishicha, Ukraina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Turkiya futbol federatsiyasiga agressiv rossiyalik futbolchilarni jamoalardan ajratib olish choralarini ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan.

“Bugungi kunda rossiyaliklarga nisbatan sport sanksiyalarini yumshatish maqsadga muvofiqligi haqida o‘ylaganlarning barchasi “Minay” bilan bog‘liq vaziyatga e’tibor qaratishlari kerak. Rossiya sportchilari boshqalar uchun xavf tug‘diradi. Rivojlangan mamlakatlarda sportchilar xavfsizligini ta’minlashning yagona yo‘li rossiyaliklarga xalqaro taqiq qo‘yishdir!” deydi Pavelko.

Hozirgi vaqtda “Minay” va “Shinnik” klublari joy olgan Antaliyadagi mehmonxona politsiya tomonidan jiddiy nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 fevral kuni Turkiyaning Antaliya shahridagi mehmonxonada Rossiyaning “Shinnik” va Ukrainaning “Minay” klubi futbolchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Mojaro “Minay”ning bir necha vakillari Yaroslavl klubi rahbarining oldiga kelib, undan Ukraina madhiyasini kuylashni talab qilganidan so‘ng boshlangan. “Shinnik” rahbari esa ukrainaliklarga masalani ko‘chada hal qilishni taklif qilgan, ammo mehmonxona xodimlari mojaroni joyning o‘zida bartaraf etgan.

Biroz vaqt o‘tgach, Ukraina klubining bir necha o‘yinchisi “Shinnik” futbolchisini liftda kaltaklagan. Lift belgilangan qavatga yetib kelganida, bir guruh rossiyalik futbolchilar holatni ko‘rgan va ular o‘rtasida ommaviy mushtlashuv kelib chiqqan. Natijada mehmonxona mutasaddilari voqea joyiga politsiya va tez yordam chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya “Shinnik”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing