Rossiya senatori Putinni agent Jeyms Bondga o‘xshatdi
Olam
−
20 iyun 2021
7033Jenevadagi Rossiya-Amerika sammitiga Prezident Jo Bayden agent Jeyms Bond kabi kirib kelishni o‘ylagandi, biroq o‘xshamadi. Uchrashuvning Jeyms Bondi esa Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bo‘ldi. Bu haqda RF senatori Aleksey Pushkov o‘zining Telegram’dagi kanalida yozib qoldirgan.
“Bayden o‘zini dunyodagi birinchi va asosiy siyosatchi sifatida ko‘rsatmoqchi edi. U shuning uchun ham ushbu sammit o‘tkazilishini istadi. Ammo, o‘xshamadi. Putin esa aksincha, yanada ishonchli va muvafaqqiyatliroq ko‘rinardi”, deya qayd etgan Pushkov.
Rossiyalik senator Jeneva sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumani to‘g‘risida ham fikr bildirgan.
Uning qayd etishicha, Bayden 7 nafar jurnalistni tanlab olgan va ularning savoliga 30 minut javob bergan. Putin esa deyarli bir soatdan ortiq vaqt davomida jurnalistlar bilan savol-javob qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, 16 iyun kuni Bayden Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Jenevada uchrashdi. Muzokaralar ikki qismdan iborat bo‘ldi: tor va kengaytirilgan tarkibda. Umuman olganda, uchrashuv taxminan 4,5 soat davom etdi. Shundan so‘ng, alohida matbuot anjumanlari bo‘lib o‘tdi: jurnalistlar bilan birinchi Rossiya rahbari, so‘ng Amerika rahbari suhbatlashdi.
LiveBarchasi