Rossiya sanksiyalar bosimiga qanday dosh berayotgani aytildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya neft va gaz bozorida g‘alaba qozonyapti hamda shu orqali sanksiyalar effektiga dosh beryapti. Bu haqda “Bloomberg” tahlilchisi Xaver Blas yozmoqda.

Uning ta’kidlashicha, iyul oyida Rossiya Federatsiyasida neft qazib olish 2022 yil 23 fevralgacha mavjud bo‘lgan darajaga deyarli to‘liq qaytdi va kuniga 10,8 million barrelga yetdi. “Qora oltin” qazib olishning minimal hajm aprel oyida kuzatildi – sutkasiga 10 million barrel, ammo shundan beri faqat oshdi. Hozirgi ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish kuniga 11 million barrelga yetgan yanvar oyidan biroz pastroq.

Shu bilan birga, neft narxi ham oshib boryapti. Agar aprel oyida Urals navi uchun chegirma o‘rtacha 35 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, hozir u 20-25 dollarni tashkil etmoqda. Qazib olish va narx darajasi mahsulotni Yevropadan boshqa bozorlarga yo‘naltirish orqali tiklanmoqda. Bundan tashqari, G‘arb Fors ko‘rfazi davlatlarini bozorga qo‘shimcha katta hajmdagi “qora oltin” olib kelishga erisha olmadi, deydi mutaxassis.

Uning fikricha, neft eksportidan yuqori daromad olish orqali Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berish qisqargani sabab kamaygan daromadini to‘ldiryapti. Biroq bu Yevropa davlatlari uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: oktyabr oyidayoq Yevropada gaz narxi sezilarli darajada ko‘tarilishi, qishda esa Yevropa Ittifoqi davlatlari rasmiylari gaz iste’molini cheklashga majbur bo‘lishi mumkin.

“Sovuq havo, elektr energiyasiga talabning oshishi va joriy yil oxirigacha inflyatsiya G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga putur etkazishi mumkin. Kiyevni qo‘llab-quvvatlab, xalqaro maydonda uni ma’qullashga intilayotgan yevropalik siyosatchilar energiya taqchilligining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga intilmasliklari mumkin”, deya xulosa qilgan Blas.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 10 avgust kuni Yevropa davlatlari Rossiyadan ko‘mir sotib olishni to‘xtatdi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlari elektrni tejash bo‘yicha favqulodda rejani ishga tushirdi. Dekabr oyidan Rossiyadan neft olish bo‘yicha taqiq kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa

Baholaganlar

406

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing