Rossiya Polshaning tovon puli haqidagi da’volariga javob qaytardi
Olam
−
06 Oktabr 2022
17738Polshaning Rossiyaga Ikkinchi jahon urushi davridagi yo‘qotishlar uchun kompensatsiya to‘lash haqidagi da’volari siyosiy fantaziyalar doirasiga kiradi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa uchinchi departamenti direktori Oleg Tyapkin RIA Novosti’ga ma’lum qildi.
“Polsha siyosiy doiralarining Rossiyaga Polshaning Ikkinchi jahon urushi paytida ko‘rgan yo‘qotishlari bilan bog‘liq noadekvat da’volari siyosiy fantaziyalarga taalluqli”, deydi Tyapkin bu da’volarni sharhlar ekan.
Uning ta’kidlashicha, Polsha rasmiylari o‘zlarining ichki siyosiy muammolarini hal qilar ekan, ko‘pincha “tarixiy revizionizm”ga murojaat qilishadi.
“Ularning ochiq axloqsizligi yaqqol ko‘rinib turibdi: agar SSSR fashistlar Germaniyasi ustidan g‘alaba qozonmaganida edi, Polsha polyak xalqining milliy davlati sifatida mavjud bo‘lmas edi va millionlab polyaklar qullikning chidab bo‘lmas taqdiriga duch kelgan va fashistlar qo‘lida qirilgan bo‘lar edi”, deya xulosa qilgan diplomat.
Avvalroq Polsha Tashqi ishlar vazirligi Germaniyadan Ikkinchi jahon urushi natijasida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sifatida 6,2 trillion zloti (taxminan 1,3 trillion dollar) talab qilgandi. Shu bilan birga, polshalik siyosatchilar Rossiyadan ham tovon puli olish umidida ekanini qayta-qayta bildirishgan. Rossiyadan pul talab qilish g‘oyasini yaqinda mamlakat Prezidenti Anjey Duda qo‘llab-quvvatlagan edi.
Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Polshaning talabiga javoban tovon to‘lash masalasi yopilganini aytdi.
LiveBarchasi