Rossiya Osiyoni energiya ta’minoti bo‘yicha “otaliqqa olmoqchi”

Olam

image

Rossiya Osiyo mamlakatlariga energiya yetkazib berishni kengaytirish, yangi yo‘nalishlar ochish yoki mavjudlarini yaxshilash niyatida. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya energetika haftaligining yalpi majlisida aytib o‘tdi.

"Biz  ta’minot hajmini qanday kengaytirish haqida o‘ylayapmiz. Jumladan, bular yangi yo‘nalishlarni ochish yoki ularni tartibga solish kabi masalalar", deydi Putin.

Shuningdek, Rossiya rahbari o‘z nutqida Qozog‘iston orqali o‘tuvchi “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz transporti tizimi orqali O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish boshlanishiga izoh berib o‘tgan.

“Bu eski gaz quvuri bo‘lib, 80 milliard kub metr gaz sakkiz ittifoq respublikasiga (SSSR) tranzit qilingan. U hech qachon teskari rejimda, ya’ni Rossiyadan bu respublikalarga gaz tranziti uchun qo‘llanilmagan. O‘zbekiston va Qozog‘istondagi hamkasblarimiz, do‘stlarimiz bu yo‘nalishni qayta tiklab, teskari rejimda ishga tushirdi. Quvurlar orqali hali ham kichik hajmda gaz yetkazib berilyapti. Bu respublikalar uchun ahamiyatli. Biroq hamkorlarimizning iqtisodi o‘sib borishi bilan bu hajm ularni qanoatlantirmasligi aniq ”, deydi Putin.

Bundan tashqari, davlat yetakchisi Eron Rossiya bilan rus gazini yetkazib berish imkoniyatini muhokama qilayotganiga ishora qilgan.

“Eronlik hamkorlar biz bilan Rossiya gazini mamlakat bozoriga yetkazib berish imkoniyatlarini ham muhokama qilyapti”, degan Prezident.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston hukumati yil oxirigacha Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga tranzit orqali kamida 800 million kub metr gaz yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edik. 

Gap shundaki, joriy yilning 7 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya tabiiy gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali tranzitiga start bergandi.Ushbu quvur orqali O‘zbekiston har yili Rossiyadan tijoriy shartnoma asosida 2,8 milliard kub metr gaz sotib oladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Osiyo energiya ta'minoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing