Rossiya odam o‘ldirishda ayblangan o‘zbekistonlikni Turkiyaga ekstraditsiya qildi

Olam

image

Rossiya Istanbuldagi o‘zi ishlagan mehmonxona xo‘jayinini o‘ldirganlikda ayblanib, Interpol orqali qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi Hasanjon Aminovni Turkiya huquq-tartibot idoralariga topshirdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk ma’lum qildi.

“Bugun A.N.Tupolev nomidagi Vnukovo xalqaro aeroportida Rossiya Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi va Rossiya Federal jazoni ijro etish xizmati xodimlari O‘zbekiston fuqarosi Hasanjon Aminovni Turkiya huquq-tartibot idoralari vakillariga topshirdi. U qasddan odam o‘ldirishda ayblanib, Interpol kanallari orqali qidiruvga berilgan edi”, deydi u.

Volkning ta’kidlashicha, Turkiya vakolatli organlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil iyul oyida Istanbuldagi mehmonxona xodimi Aminov sherigi bilan birga uning egasini o‘ldirib, Turkiyani tark etgan. 

“Ayblanuvchini 2023 yil iyul oyida qidirish chog‘ida u Rossiya Federatsiyasi hududida, Qozon shahrida politsiya tomonidan qo‘lga olingan”, deya qo‘shimcha qildi Rossiya IIV vakili. 

2023 yil dekabrida Rossiya Bosh prokuraturasi Turkiya tomonining qidiruvdagi shaxsni ekstraditsiya qilish haqidagi iltimosini qanoatlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq transmilliy uyushgan jinoiy guruh tuzishda ayblangan Ukraina fuqarosi Polshadan Qozog‘istonga ekstraditsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing