Rossiya Norvegiyadagi elchixonasi xodimlarini qisqartirdi
Olam
−
16 Oktabr
1409Rossiyaning Norvegiyadagi elchixonasi qabul qiluvchi tomonining iltimosiga binoan Oslodagi diplomatik missiya tarkibini qisqartiradi. Bu haqda 14 oktyabr kuni elchixonaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilingan tegishli bayonotda so‘z boradi.
Bildirilishicha, Rossiyaning Norvegiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limida ikki nafar diplomat, Shpitsbergendagi Bosh konsulligida esa faqat bir nafar diplomat qoladi.
Elchixona xabarida aytilishicha, Norvegiya 17 oktyabrga qadar mamlakatdagi Rossiya xorijiy agentliklarining diplomatik xodimlarini qisqartirishni talab qilgan, biroq bu talabning sabablari keltirilmagan.
Rossiyaning Svalbard va Kirkenesdagi bosh konsulliklari keyingi ogohlantirishgacha konsullik qabullarini to‘xtatganliklarini ma’lum qildi.
Sentyabr oyi oxirida Norvegiya Adliya vaziri Emiliya Enger Mel mamlakat hukumati Finlyandiya qilganidan o‘rnak olib, Rossiya bilan chegarada baland panjara o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytdi.
Ma’lumot uchun, 2024 yil may oyida Norvegiya turistik Shengen vizasi bilan rossiyaliklar uchun chegarani yopdi va hatto tranzit maqsadida ham ularni mamlakatga kiritishni to‘xtatdi.
Jasmina Rasulova
LiveBarchasi