Rossiya noqonuniy migrantlarning mamlakatda bo‘lish muddatini uzaytirish shartini aytdi 

Olam

image

Rossiya Ichki ishlar vazirligi yangi koronavirus pandemiyasi tufayli transport aloqalari tiklanmasa, noqonuniy migrantlarning mamlakatda bo‘lish muddatini uzaytirishi mumkin. Bu haqda departament Matbuot markaziga asoslanib xabar berilgan.  

“Bunday muhojirlarning Rossiyada bo‘lish muddati 90 kungacha uzaytirilishi mumkin”, deyilgan vazirlik xabarida. 

Bunday holda, migrantlar yashash joyidagi migratsiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlarga murojaat qilishi kerak. 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil martidan beri mamlakatda bo‘lish muddati allaqachon tugagan 1,6 millionga yaqin muhojir Rossiyadan chiqib ketmagan. Shu bilan birga, 400 mingga yaqin odamning huquqiy holati tartibga solingan, 450 ga yaqin kishi maxsus tashkil etilgan reyslar bilan deportatsiya qilingan. 

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi MDH davlatlari, shu jumladan O‘zbekistondan mamlakatda noqonuniy yurgan 332 ming fuqarosini joriy yilning 15 iyunigacha olib chiqib ketishni so‘ragani haqida xabar bergan edik. 

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, mamlakatda migrantlarning vaqtincha yashash muddati 2021 yil 15 iyungacha uzaytirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

314

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing