Rossiya nishonga olinmaydigan ob’ektlarni ma’lum qildi
Olam
−
26 mart
7063Rossiya energetika tizimiga zarba berishga vaqtinchalik moratoriy qo‘llanadigan ob’ektlari ro‘yxatini tadqim etdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Ro‘yxatda keltirilgan hududlarga quyidagilar kiradi:
- neftni qayta ishlash korxonalari;
- neft, gaz quvurlari va omborxonalar, shu jumladan, nasos stansiyalari;
- elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va uzatuvchi infratuzilma, shu jumladan, elektr stansiyalari, podstansiyalar, transformatorlar va taqsimlagichlar;
- atom elektr stansiyalari;
- gidroelektrostansiyalar to‘g‘onlari.
Moratoriy buzilgan taqdirda, Rossiya o‘zini unga rioya qilish majburiyatlaridan ozod deb hisoblashini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, vaqtinchalik moratoriy 2025 yil 18 martdan boshlab 30 kun davomida amal qiladi va tomonlarning kelishuviga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Qaror Moskva va Vashington delegatsiyalarining Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan.
Ular 12 soat davom etgan va 24 mart kuni kechqurun yakunlangan. Xuddi shunday formulirovka Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan AQSH-Ukraina muzokaralari natijasida ham kelishib olingan. Xususan, tomonlar Qora dengizda xavfsiz kema qatnovini ta’minlashga kelishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida AQSH delegatsiyasi Ukraina va Rossiya Federatsiyasi bilan alohida va yopiq eshiklar ortida muzokaralar o‘tkazgandi. 23 va 24 mart kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasida uch yildan ortiq davom etayotgan keng ko‘lamli urushda qisman sulh tuzish masalasi muhokama qilingan.
LiveBarchasi