Rossiya NATOning Yevropadagi harbiy mashg‘ulotlarini tahdid deb biladi – Kreml
Olam
−
31 yanvar
7835Rossiya NATOning “Steadfast Defender 2024” harbiy mashg‘ulotlarini tahdid deb biladi. Bu haqda Kreml voizi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Bizning tushunishimizcha, NATO qarama-qarshilik vositasidir. Alyans, aslida, AQSH tomonidan aynan qarama-qarshilik vositasi sifatida o‘ylangan, tuzilgan va hozirda boshqarilmoqda”, deydi Peskov.
Uning aytishicha, bu vosita o‘z rolini bajarishda davom etmoqda va Rossiya bunga tahdid sifatida munosabatda bo‘lib, doimiy ravishda tegishli choralar ko‘rib bormoqda.
“Ayniqsa bir necha o‘n yillar davomida alyans o‘z harbiy infratuzilmasini bizning chegaralarimiz tomon harakatlantirib kelayotgani fonida tegishli choralar ko‘rilmoqda”, deydi Kreml voizi.
Ma’lumot uchun, NATOning “Steadfast Defender 2024” mashqlari 2024 yilning fevralidan mayigacha Yevropada bo‘lib o‘tadi. Ularda alyansning 31 ta a’zo davlati va Shvetsiya ishtirok etadi.
LiveBarchasi