Rossiya: mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar 40 yilga “deport” qilinmoqda

Olam

image

Moskvada bo‘lgan ommaviy mushtlashuvlarda qatnashgan mehnat migrantlari 40 yil muddatga deportatsiya qilinadi. Mushtlashuv qatnashchilari orasida Markaziy Osiyo fuqarolari ham bo‘lgan. Bu haqda Rossiyaning “Bloknot” nashri xabar bermoqda

Qayd etilishicha, Moskvada bo‘lgan ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etgan 100 nafar muhojir mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Shuningdek, ularning barchasiga 40 yillik Rossiyaga kirishga taqiq qo‘yiladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki qirg‘iz fuqarosi va boshqa muhojirlar o‘rtasidagi janjal oqibatida qirg‘izlar pichoq bilan yaralangan. Shundan so‘ng, janjal ko‘targanlarning vatandoshlari Moskvaning “Kuzminka” metro bekati yaqinida namoyishni pichoq, tosh va shishalar bilan davom ettirishgan. Mushtlashuv poytaxtning aholi zich joylashgan hududlaridan birida sodir bo‘lgani tufayli dahshatli tus olgan. 

“Hozir ko‘pchilik, hattoki, yig‘lab kechirim so‘ramoqda. Biroq, mening iltimosim shuki, Rossiyaga ishlashga kelgan nafaqat tojiklar, qirg‘izlar, o‘zbeklar, balki butun Markaziy Osiyo fuqarolari aqlini yig‘ib olsin”, deydi “deport” qilinayotganlardan biri. 

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati rahbarining ma’lum qilishicha, mushtlashuvda ishtirok etganlar RF Jinoyat kodeksining 213-moddasi 2-qismi bilan (guruh tomonidan oldindan kelishib, sovuq qurol yoki jism bilan bezorilik) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya deport

Baholaganlar

688

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing