Rossiya Mudofaa vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i hibsga olindi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Yuriy Kuznetsov hibsga olindi. Bu haqda TASS huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Yuriy Kuznetsov aynan nimada ayblanayotgani noma’lum.

Agentlik suhbatdoshi jinoiy ish bo‘yicha tergovni Tergov qo‘mitasining Harbiy tergov bosh boshqarmasi olib borayotgani va tergov allaqachon generalga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash uchun sudga borganini aytgan.

Kuznetsovning uyi va ish joyida tintuvlar o‘tkazilgan.

“Ribar” kanali esa tergov e’tiborini generalning davlat sirlarini himoya qilish xizmati rahbari sifatidagi avvalgi faoliyatiga qaratganini yozgan.

Yuriy Kuznetsov 2023 yilning may oyidan buyon Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Undan oldin, 2010 yil may oyidan boshlab u Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabining 8-boshqarmasi boshlig‘i edi.

Ushbu bo‘lim Mudofaa vazirligi tizimidagi davlat sirlarini muhofaza qilish xizmati masalalari bilan shug‘ullanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Yuriy Kuznetsov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing