Rossiya Markaziy Osiyo turnirida qatnashishi mumkin

Sport

image

Futbol bo‘yicha Rossiya milliy terma jamoasi Markaziy Osiyo Futbol assotsiatsiyasi (CAFA) turnirida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda “Championat.com” sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi Rossiya tomoniga musobaqada ishtirok etish uchun taklif yuborgan. Tez orada Rossiya futbol ittifoqi (RFU) o‘z qarorini ma’lum qiladi.

“Rossiya terma jamoasining Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi chempionatida ishtirok etishi bo‘yicha ko‘plab so‘rovlar kelib tushgan. Ayni damda Rossiya terma jamoasining ushbu turnirda ishtirok etish imkoniyati va shartlari muhokama qilinmoqda”, deyiladi RFU xabarida.

Ma’lumot uchun, CAFA turnirida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasiga a’zo olti tashkilot – Tojikiston, Eron, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Afg‘oniston milliy terma jamoalari ishtirok etadi. Rossiya terma jamoasi mehmon sifatida turnirda qatnashishi kutilmoqda. 8-jamoa nomi ham tez orada ma’lum bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Markaziy Osiyo Futbol assotsiatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing