Rossiya mamlakat siyosatiga qarshi bo‘lgan davlatlar uchun viza rejimi joriy qiladi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligiga Moskva siyosatiga norozilik bildirgan boshqa davlatlarning fuqarolari uchun uch oylik vizalar berilishini ta’minlash topshirildi. Tegishli farmonni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin imzoladi.

Farmon matniga ko‘ra, rasmiylar “an’anaviy rus ma’naviy-axloqiy qadriyatlariga zid bo‘lgan buzg‘unchi neoliberal mafkuraviy ko‘rsatmalar”ni joriy etish siyosatini olib borayotgan mamlakatlar fuqarolariga bir martalik vizalar beriladi.

Bunday davlatlar ro‘yxati Rossiya Tashqi ishlar vazirligining taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan tasdiqlanadi.

15 avgust kuni Rossiya hukumati viza to‘g‘risidagi qarorga diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xodimlariga migrantlar bilan suhbat o‘tkazish huquqini beruvchi o‘zgartirishlarni tasdiqladi. Rossiya TIV yangilik mamlakatga kirish ustidan nazorat samaradorligini kuchaytiradi, deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Moskva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing