Rossiya Lavrovdan g‘azablangan Isroilning o‘ziga ayblov qo‘ydi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Isroil “neonatsistlar rejimi” shakllangan va “antisemitizm gullab-yashnagan” Kiyevni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda vazirlik xabarida aytiladi. 

Vazirlik Isroil Tashqi ishlar vaziri Yair Lapidning yahudiylarning “Xolokost paytida bir-birlarini o‘ldirmagani”ni haqidagi gaplariga izoh berib, yahudiylarni antisemitizmda ayblash “yahudiylarga qarshi irqchilikning eng past darajasini” ko‘rsatish ekanini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy yahudiy bo‘lsa, uni qanday qilib “millatchilik qilish”da ayblash mumkinligi haqidagi savolga javoban Adolf Gitlerda ham “yahudiy qoni bor edi”, deya javob bergandi. 

Isroil Tashqi ishlar vaziri Rossiya hukumatidan vazirning bu so‘zlari uchun Isroil va yahudiy xalqidan kechirim so‘rashni talab qildi. Rossiya TIV Lapidning bayonotlarini “tarixga qarshi” deb atagan. Ular tarixda yahudiylar va natsistlar o‘rtasidagi hamkorlik misollari bo‘lganini eslagan. 

Rossiya TIV Vladimir Zelenskiy 2020 yilda imzolagan “Ukrainada antisemitizmning oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun mavjudligiga qaramay, uning qoidalariga amal qilinmaydi, deb hisoblamoqda.

Zelenskiy, o‘z navbatida, Lavrovning so‘zlarini “antisemitik hujum” deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Isroil

Baholaganlar

660

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing