Rossiya koronavirus qayd qilingani bo‘yicha uchinchi o‘ringa chiqib oldi

Olam

image
JSST Rossiyada COVID-19 nega tez tarqalayotganini tushuntirdi north_east

JSST Rossiyada COVID-19 nega tez tarqalayotganini tushuntirdi

Bugun, 11 may kuni Rossiya Britaniya va Italiyani chetlab o‘tib, koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu haqda Jon Xopkins universiteti o‘z ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Rossiyada ushbu kasallikka chalinganlar soni 221 344 kishiga yetgan. Bu ko‘rsatkich Buyuk Britaniyada 219 183, Italiyada esa 219 070 nafarni tashkil qilmoqda.

Biroq, Buyuk Britaniya va Italiyada 11 may uchun hali ma’lumotlarni e’lon qilmagan. Agar ularda 3000 dan ortiq kasallanish qayd etilsa Rossiya yana 5 o‘ringa qaytish ehtimoli mavjud.

Ro‘yxatni haligacha AQSH 1 329 799 ko‘rsatkich bilan boshqarib kelmoqda. Undan so‘ng, ro‘yxatning 2 o‘rnida Ispaniya 224 350 ko‘rsatkich bilan turibdi. Agar Rossiya ushbu “tempda“ davom etsa Ispaniyani ham quvib o‘tishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada kasallanganlarning 39 801 nafari sog‘aygan. 2 009 nafari esa vafot etgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada Jon Xopkins

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing