JSST Rossiyada COVID-19 nega tez tarqalayotganini tushuntirdi
Olam
−
09 may 2020
11186Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) favqulodda dasturi direktori Maykl Rayan Rossiyada koronavirus infeksiyasining tez ko‘payishni izohlab o‘tdi. U tegishli bayonotni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida ma’lum qilindi.
“Biz yangi holatlar soni ko‘payib borayotganini ko‘rmoqdamiz. Chunki, Rossiya shaharlarda ham, undan tashqarida ham koronavirus uchun keng miqyosda sinovlar o‘tkazmoqda“, deydi Rayan.
Rayan koronavirus Rossiyaga boshqa Yevropa mamlakatlariga qaraganda biroz kechikkanini esladi. JSST vakili, shuningdek, Rossiyada cheklov rejimi eng maqbul ekanligini va hukumat infeksiyaning shunday tarqalishini kutganini aytdi.
Hozirda Rossiya koronavirusga qarshi test sinovlari o‘tkazish bo‘yicha dunyoda AQSHdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turibdi. Rasmiy Moskva hozirgacha 4 980 000 ta ushbu sinovni o‘tkazgan.
LiveBarchasi