Rossiya Kiyevga hujum uyushtirdi
Olam
−
31 Oktabr 2022
16303Bugun, 31 oktyabr kuni ertalab Ukraina poytaxti Kiyevda havo hujumi paytida bir qator portlashlar sodir bo‘ldi. Kiyev shahar harbiy boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa ishlari olib borilmoqda. Bu haqja UNIAN xabar berdi.
“Havo hujumidan mudofaa ishlamoqda! Vahima qilmang! Boshpanada qoling va havo hujumi haqida ogohlantirishni kuting!”, deyiladi xabarda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt va Kiyev viloyatida kamida 10 ta portlash sodir bo‘lgan.
Aholi havo hujumi haqidagi ogohlantirishni e’tiborsiz qoldirmaslik va boshpanalarda qolishga chaqirilmoqda. Yana raketa hujumi ehtimoli saqlanib qolgan. Rossiyaning Kaspiy dengizi akvatoriyasidagi raketa tashuvchilari faollashgani xabar qilingan.
Keyinroq Kiyev meri Vitaliy Klichko muhim infratuzilmaga qilingan hujumlar natijasida poytaxtning bir qismi sv ta’minotidan uzilib qolganini aytdi.
“Ba’zi hududlarda suv ta’minoti yo‘q. Barcha xizmatlar ishlamoqda. Batafsil ma’lumot keyinroq”, deb yozgan Klichko.
Shuningdek, Kiyev viloyatidagi jamoatlardan biriga ham raketa zarbasi berilgan. Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Aleksey Kuleba odamlarni boshpanada qolishni hujum davom etayotganini yozgan.
Bundan tashqari, mintaqada elektr ta’minotida cheklov kiritilgan.
LiveBarchasi