Rossiya Kiyevdagi ko‘p qavatli uyni raketa bilan urdi. Jarohatlanganlar bor (fotoreportaj)

Olam

image

Rossiya armiyasi buzib o‘tmoqchi bo‘lgan Kiyevdagi turar-joy binolaridan biri raketadan o‘qqa tutildi. 

Ma’lumki, Rossiya va Ukraina harbiylari o‘rtasidagi shiddatli janglar uch kundan buyon davom etmoqda. Mamlakatning issiq nuqtalaridan biri poytaxt hududi bo‘lib, u yerda vaqti-vaqti bilan fuqarolik mudofaasi sirenalari eshitilmoqda. Odamlar hamon metro stansiyalarida jon saqlamoqda va ular orasida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari va talabalar ham bor. 

Bugun, 26 fevral kuni ertalab Kiyevning Lobanovskiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyga raketa snaryadlari kelib tushdi. Portlash kuzatuv kameralari tomonidan yozib olingan. 

Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati matbuot kotibi Svetlana Vodolaganing ma’lum qilishicha, turar-joy binosida portlash mahalliy vaqt bilan soat 08:00 atrofida sodir bo‘lgan.  

 

“Binoning 16-20-qavatlari orasidagi xonadonlar shikastlangan. Oltita kvartira butunlay vayron bo‘lgan. Binoda yong‘in sodir bo‘lgan. 80 kishi evakuatsiya qilindi, olti kishi shifoxonaga yotqizildi”,  dedi Vodolaga. 

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba avvalroq Kiyev rossiyalik harbiylar o‘qlari ostida yana bir tunni o‘tkazganini aytgan edi.  

“Biz dunyoni Rossiyani izolyatsiya qilishga chaqiramiz. Rossiya elchilarini mamlakatingizdan chiqarib yuboring, Rossiyaga neft embargosi kiriting va Rossiya iqtisodiyotini yo‘q qiling. Harbiy jinoyatlar sodir etganlar to‘xtatilsin”, degan Ukraina TIV rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

434

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing