Rossiya keng ko‘lamli dengiz mashg‘ulotlarini boshladi

Olam

image

Rossiya Arktika, Boltiq va Kaspiy dengizlari hamda Tinch okeanida keng ko‘lamli harbiy-dengiz mashqlarini boshladi. Bu haqda bugun, 30 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“Rossiya Harbiy-dengiz kuchlarining birlashmalari va tuzilmalari Shimoliy, Tinch okeani va Boltiq flotlarining operatsion zonalarida, shuningdek, Kaspiy flotiliyasining mas’uliyati zonasida rejalashtirilgan mashg‘ulotlarni o‘tkazishni boshladi", deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, manyovrlarda 300 ga yaqin kemalar, katerlar, suv osti kemalari va yordamchi kemalar, 50 tagacha samolyotlar, 200 dan ortiq harbiy va maxsus texnika, shuningdek, 20 mingdan ortiq harbiy va fuqarolik xodimlari ishtirok etmoqda.

Qayd etilishicha, ko‘p kunlik o‘quv mashg‘ulotlarining maqsadi dengiz flotining "harbiy qo‘mondonlik va nazorat organlarining harakatlarini sinovdan o‘tkazish" va kemalar ekipajlari, dengiz aviatsiyasi bo‘linmalari va Rossiya dengiz flotining qirg‘oq qo‘shinlarining o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga tayyorligini tekshirishdir.
Manyovrlar davomida 300 dan ortiq “qurollardan amaliy foydalanish bilan jangovar mashqlar” o‘tkazilishi kutilmoqda. Gap zenit-raketa va artilleriyadan dengiz va havodagi mashg‘ulotlar nishonlarini otish haqida bormoqda. Ayni paytda, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan va so‘nggi ikki yil davomida katta yo‘qotishlarga uchragan Rossiya Qora dengiz floti mashg‘ulotlarda qatnashmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing