Rossiya qo‘shinlari Odessani bombladi

Olam

image

Rossiya qo‘shinlari bugun, 2 sentyabrga o‘tar kechasi Odessa shahri va Odessa viloyatiga raketa hamda dronlar bilan hujum qildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Odessa shahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisakning ma’lum qilishicha, hujum oqibatida 8 kishi, jumladan, bir bola jarohatlangan. Ikki nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, avtomobillar, ofis binolari va ikkita ta’lim muassasasiga zarar yetgan. Bundan tashqari, 24 qavatli turar joy binosi zararlangan, ayrim qavatlardagi xonadonlar vayron bo‘lgan, qo‘shni binolarning derazalari singan.

“Suspilne” xabariga ko‘ra, Odessaning ayrim hududlarida elektr ta’minoti uzilgan, shahar elektr transporti faoliyati to‘xtatilgan. Peresip tumanida esa suv ta’minotida uzilishlar kuzatilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa zarbalar Odessa portidagi uchuvchisiz katerlar ishlab chiqaruvchi korxona va yonilg‘i saqlanadigan rezervuarlarga berilganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Rossiya kuchlari kechasi Poltava viloyatidagi sanoat ob’ektiga ham hujum qilgan. Bu haqda viloyat harbiy ma’muriyati boshlig‘i Vitaliy Dyakivnich ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati bo‘linmalari hujum sodir bo‘lgan joyda ishlamoqda. Lubniy tumanida esa Rossiya droni ochiq maydonga qulagan. Har ikki hodisada ham qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 sentyabr kuni Rossiyaning Ukraina poytaxti Kiyev va uning atrofiga uyushtirgan havo hujumlari oqibatida 4 kishi halok bo‘lib, 14 dan ortiq odam jarohatlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing