Rossiya qo‘shinlari Xarkov va Odessaga kirdi – Ukraina IIV
Olam
−
24 fevral 2022
23433Ukrainaning turli shaharlari, jumladan Xarkov, Dnepr va Kiyevdagi harbiy ob’ektlarga hujum uyushtirildi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Geraenko ma’lum qilgan.
U, shuningdek, rus qo‘shinlari Odessaga kelib, Xarkov bilan chegarani kesib o‘tganini ma’lum qilgan.
“Bosqin boshlandi. Hozirgina Kiyev, Xarkov, Dneprda harbiy boshqaruv markazlari, aerodromlar, harbiy omborlarga raketa zarbalari berildi. Chegarani artilleriyadan o‘qqa tutish davom etmoqda”, deydi Geraenko.
Uning tushuntirishicha, shu paytdan boshlab “dunyoga yangi geosiyosiy voqelik kirib kelmoqda. U yakunda “g‘alaba bizniki bo‘ladi” deya qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari maxsus harbiy operatsiya boshlaganini e’lon qilgandi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Ukraina IIV maslahatchisi esa Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirilganini ma’lum qildi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH Prezidenti Jo Bayden ayrim shaxslarning mulkini bloklash va ayrim operatsiyalarni taqiqlovchi farmon qabul qildi. Hujjat DXR va LXRga sarmoya kiritishni, shuningdek, ushbu mintaqalardan har qanday tovarlar, xizmatlar yoki texnologiyalarni Qo‘shma Shtatlarga import qilishni taqiqlaydi.
Bundan tashqari, ushbu farmon o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarda harakat qilishga qaror qilgan har qanday shaxsga nisbatan jazo choralarini qo‘llash imkonini beradi.
Qo‘shma Shtatlarda joylashgan yoki keyinchalik AQSHga kiradigan, DXR va LXR bilan bog‘liq shaxslarga tegishli bo‘lgan barcha mulk va mulkdagi ulushlar bloklanadi.
Shuningdek, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr