Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston gaz ittifoqini yaratish hamon o‘z kuchida qolmoqda

Olam

image

Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston “uch tomonlama gaz ittifoqi” doirasidagi loyihalarni muhokama qilishda davom etmoqda, bu esa Rossiya gazini ushbu davlatlar hududlari orqali yetkazib berishni nazarda tutadi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya energetika vaziri Nikolay Shulginov ma’lum qildi. 

“Muhokama qilinmoqda”, deydi u. 

O‘tgan yilning noyabr oyida Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘istonga ushbu sohadagi uch davlatning tijorat manfaatlarini muvofiqlashtirish uchun “uch tomonlama gaz ittifoqi” tuzishni taklif qilgan edi. 2023 yil yanvarida O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika vazirliklari “Gazprom” bilan hamkorlik rejasini imzoladi. 

Joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonga Rossiyadan gaz yetkazib berish “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali amalga oshirilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. 

Qozog‘iston hukumati Rossiya gazini o‘z hududi orqali O‘zbekistonga tranzit qilish masalasini muhokama qilmoqda. 

Shuningdek, Rossiyadan Xitoyga gaz quvurini qurish ehtimoli bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

gaz ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing