Rossiya Qorabog‘dan olib chiqilgan harbiylarini qayerga ko‘chirishi aytildi (video)

Olam

image

 
Avvalroq, Rossiya tinchlikparvar kuchlari Ozarbayjon tarkibidagi Tog‘li Qorabog‘ hududidan chiqib keta boshlagani haqida xabar bergandik.

"Bild" nashrining yozishicha, Kreml Qorabog‘ni tark etgan qo‘shinini Ukraina frontiga jo‘natishi mumkin.

Rossiya harbiy kontingentida ikki mingga yaqin askar mavjud bo‘lib, asosiysi ular o‘nlab yangi BTR-82A zirhli transport vositalari bilan qurollangan. Bu esa frontdagi zirhli transport vositalarining keskin tanqisligi fonida muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘ hududiga 2020 yil noyabr oyida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida yuzaga kelgan keskinlikdan so‘ng joylashtirilgan edi. O‘sha paytda rus kontingenti hajmi 1960 nafar harbiy xizmatchi va 90 ta zirhli transport vositasidan iborat bo‘lgani ma’lum qilingan.

2023 yil sentyabrida Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ni to‘la egallash uchun maxsus operatsiya o‘tkazdi. Oqibatda poytaxti Stepanakert bo‘lgan tan olinmagan respublika Baku qo‘liga o‘tdi. Unda yashayotgan 100 mingga yaqin etnik armanlar Armanistonga ko‘chib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing