Rossiya qator davlatlar bilan aviaqatnovni tiklayapti
Olam
−
16 yanvar 2021
18721Rossiya joriy yil 27 yanvardan Vetnam, Hindiston, Finlyandiya va Qatar bilan xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi. Parvozlar haftada bir necha marta Moskvadan amalga oshiriladi.
“O‘tkazilgan muhokama yakuniga va alohida davlatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda 27 yanvardan quyidagi davlatlar bilan aviaparvozlarni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi: Vetnam (Moskva – Xanoy, haftada ikki marta), Hindiston (Moskva – Dehli, haftada ikki marta), Finlyandiya (Moskva – Xelsinki, haftada ikki marta, Sankt-Peterburg – Xelsinki, haftada ikki marta), Qatar (Moskva – Doha, haftada uch marta)”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur qaror yuqoridagi davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani hisobga olingan holda qabul qilingan.
Bundan tashqari, Misr bilan aviaqatnovlarni chastotasini ko‘paytirishga qaror qilingan.
Avvalroq O‘zbekiston yetti davlat bilan xalqaro aviareyslar bo‘yicha cheklov muddatini uzaytirgandi.
LiveBarchasi