Rossiyaga qarshi boshlangan gibrid urush Xitoyga ham tarqalyapti – SHHT

Olam

image

Rossiyaga qarshi total gibrid urush boshlandi va endilikda u Xitoyga ham o‘tyapti. Shu bois Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari soxta ma’lumotlarga qarshi kurashish muammosiga e’tibor qaratishlari kerak. Bu haqda SHHT Bosh kotibi o‘rinbosari Grigoriy Logvinov aytib o‘tdi.

“Xalqaro hayotda qarama-qarshilik tendensiyalarining tez sur’atlar bilan o‘sib borishi beixtiyor inglizlarning eski “va qalam sizning qilichingiz bo‘ladi” degan maqolini esga olishga majbur qilyapti. Hozir ma’lum bo‘ldiki, axborot texnologiyalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy maqsadlarda qo‘llanilib, media makon platsdarm va jang maydonlariga aylandi”, degan u SHHT mamlakatlari ommaviy axborot vositalari va tahlil markazlari forumi ochilishida so‘zlagan nutqida.

Logvinovning ta’kidlashicha, SHHTning ta’sischi davlatlaridan biri, Rossiyaga qarshi total gibrid urush boshlangan va hozir u Xitoyga ham tarqalyapti.

Bosh kotib o‘rinbosari SHHT tashkil etilganidan buyon “G‘arb ommaviy axborot vositalarida ochiq dushmanona mulohazalar ob’ekti bo‘lganini” eslatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy ShHT

Baholaganlar

409

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing